Viloyat hokimi yoshlar bilan uchrashdi
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovning yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuvda yoshlarning taklif va muammolari o‘rganildi. Yuzdan ortiq murojaat o‘z o‘rnida ijobiy yechim topdi. Atroflicha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Ta’kidlash joiz, viloyatda Yoshlar yetakchilari mahallabay ishlab, 705 ming nafar o‘g‘il-qiz qayta xatlovdan o‘tkazildi. Ularning 14777 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj, iqtisodiy muammosi bo‘lganligi sababli “Yoshlar daftari”ga kiritildi.
O‘tgan to‘qqiz oy davomida 7936 nafar yoshga 24 milliard so‘mlik ko‘mak berildi. Shundan, 3013 nafar yoshga 9,6 milliard so‘mlik to‘lov-kontrakti, 814 nafariga 964,6 million so‘mlik haydovchilik guvohnomasi hamda 497 nafar yoshlarga 2,9 milliard so‘mlik safarbarlik chaqiruvi rezervi uchun to‘lovlar qoplandi. 2094 nafar yoshga 8 milliard so‘mlik subsidiya ajratildi, 380 nafariga 1,4 milliard so‘mlik tibbiy xizmat ko‘rsatildi.
[gallery-9228]
Yoshlarni iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish, ayniqsa, axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni zamonaviy kasblarga o‘qitish hamda shu orqali bandligini ta’minlash maqsadida viloyatda 200 nafar faol va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar IT yo‘nalishida zamonaviy kasbga o‘qitish uchun 600 million so‘m mablag‘ ajratildi.
O‘zA fotomuxbiri
Hotam MAMADALIEV olgan suratlar.