Viloyat hokimi faxriylar holidan xabar olmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ulug‘ ayyom – muborak Ramazon hayiti oldidan viloyatdagi mehnat faxriylari holidan xabar olmoqda.
Navbatdagi tashrif Beruniy nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni hamda “El-yurt hurmat” ordeni sohibi Mufat Mamatov xonadoni bo‘ldi.
Uzoq yillar Namangan pedagogika universiteti rektori, viloyat “Bilim jamiyati”, “Mahalla” xayriya jamg‘armasi, “Nuroniylar” jamg‘armasi raisi kabi mas’ul vazifalarda faoliyat olib borgan mehnat faxriysi bilan dildan suhbat qurildi.
Viloyat rahbari Yangi Namangan tumanining Go‘zal mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Abdulhay Tursunov xonadonida ham bo‘ldi.
Viloyati bosh imom-xatibi vazifasida ishlab, hozirda “Faxriy imom” maqomiga ega bo‘lgan mehnat faxriysi hayit ayyomi bilan qutlandi, ish faoliyati davomida samarali xizmatlariga tashakkur bildirildi.
Shuningdek, Namangan tumanidagi Mullakuding mahallasida istiqomat qiluvchi 108 yoshli Ibrohimjon ota Xo‘jayev hamda “Anjirzor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi mehnat faxriysi Jamolidin Siddiqov xonadoniga yo‘qlov uyushtirildi.
[gallery-16846]
Viloyat hokimi tabarruk otaxonlarning uzoq yillar davomida el-yurt manfaati yo‘lida olib borgan samarali mehnatlarini e’tirof etib, o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Otaxonlar yurtimizdagi tinch-osuda hayotga shukrona keltirib, Vatanimizning yanada obod bo‘lishini tilab duo qildi. Mamlakatimizdagi farahbaxsh o‘zgarishlar boshida turgan hurmatli Yurtboshimizga rahmatlar aytildi.
Yo‘qlovlar davom etmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA