Vetnam turizmdan o‘n oyda 23,7 milliard dollar ishladi
Vetnam milliy turizm boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, sayyohlardan tushgan umumiy daromad joriy yil o‘n oyida 23,7 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan oshgan.
“VNexpress” yozishicha, yanvar-oktyabr oylarida mamlakatga 10 million xorijiy sayyoh kelgan, 98,7 million mahalliy turist qayd qilingan. Oktyabr oyida soha 1,11 million xorijiy, 5,2 million mahalliy sayyohga xizmat ko‘rsatgan.
Noyabr oyida mamlakat bo‘ylab yanada ko‘proq sayyohlarni jalb qilish uchun turli tadbirlar, festivallar tashkil etish rejalashtirilgan.