Vengriyani tarixda ilk marta ayol prezident boshqaradi
Katalin Novak Vengriyaning yangi prezidenti etib saylandi, deya xabar bermoqda “TASS” agentligi.
U mamlakat tarixida davlat rahbari lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, Novak nomzodi uchun mamlakat Davlat assambleyasi deputatlarining uchdan ikki qismi ovoz bergan.
Katalin Novak 2012 yildan buyon prezident lavozimida ishlab kelayotgan Yanosh Aderning o‘rnini egallaydi. Eslatib o‘tamiz, amaldagi yetakchi Aderning vakolat muddati 10 mayda tugaydi, u 2017 yilda Vengriya parlamenti tomonidan qayta saylangan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Novak yaqin vaqtgacha oila masalalari bo‘yicha vazir bo‘lgan.