Vengriya Kiyevga qurol yetkazib bermaydi
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Kiyevga vengr qurollarining yetkazib berilishini taqiqlash bo‘yicha farmonni imzoladi.
“Readovka” axborot manbasining xabariga qaraganda, Viktor Orban Ukrainaga qurol yetkazib berilishini taqiqlovchi farmonga imzo chekkan.
Vengriya bosh vazirining ta’kidlashicha, Ukrainadan keluvchi qochoqlarni qabul qilish va ularga boshpana berish uchun Budapeshtga ta’minot manbalari zarur. Shuningdek, Orban Vengriya Ukrainadagi harbiy ziddiyatni qo‘llab-quvvatlamoqchi emasligini aytgan.