Velotrek bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi
Namangan viloyati Davlatobod tumanida joylashgan zamonaviy velotrek majmuasida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslariga start berildi.
Respublika sport vazirligining yillik taqvim rejasiga asosan tashkil etilgan mazkur musobaqada Samarqand, Jizzax, Farg‘ona, Andijon va Toshkent viloyatlari hamda poytaxtimizdan kelgan ellik nafarga yaqin iqtidorli sportchilar ishtirok etmoqda.

Musobaqadan ko‘zlangan maqsad yosh sportchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, velosportni yanada ommalashtirish va xalqaro maydonlarda Vatanimizni munosib tarzda himoya qila oladigan iste’dodlarni kashf etishdan iborat.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar chempionlik unvoni, medallar, turli darajali diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.