Velosportchilar O‘zbekiston chempionatida saralandi
Velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida sprint dasturida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.
Ayollar o‘rtasidagi sprint poygasida Toshkent viloyati vakili Valeriya Gamm g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Mohinabonu Elmurodova ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Toshkent-1 jamoasi a’zosi Madina Davronova bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasida samarqandlik Vitaliy Burlakov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Toshkent-2 vakili Kamil Yunusbayev kumush, Sirdaryo jamoasi a’zosi Fazliddin Ergashev bronza medaliga ega chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA