Velosportchilar mamlakat chempionatida kuch sinashmoqda
Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida velosportining shosse yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati start oldi.
Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida velosportining shosse yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati start oldi.
Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va mamlakatimiz velosport federatsiyasi tomonidan oʻtkazilayotgan chempionatdan koʻzlangan maqsad turli yosh toifalaridagi jamoalarning tarkibini shakllantirish, iqtidorli sportchilarni saralash va ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlashdir.
Mamlakat birinchiligi dasturiga koʻra, alohida start poygasi barcha yosh toifalarida 20 kilometr, jamoaviy poyga 40 kilometr masofaga oʻtkaziladi. Guruh poygalari esa erkaklar oʻrtasida 130 kilometr, yigitlar uchun 103 kilometr, ayollar oʻrtasida 89 kilometr hamda qizlar uchun 62 kilometr masofaga oʻtkaziladi.