Velosportchilar Gulistonda bahslashmoqda
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Bahodir Mo‘minov xotirasiga bag‘ishlangan respublika turniri o‘tmoqda.
Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan kelgan 7 ta jamoa ishtirok etmoqda.
Chinobod– Uchtom yo‘nalishida o‘tkazilgan shaxsiy poygada Danil Yevdokimov birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Konstantin Elli va Nikita Stenkovoy ikkinchi hamda uchinchi pog‘onadan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA