Velopoygachilar bahsi yakunlandi
Farg‘ona viloyatida velosport bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tgan O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Unda ko‘p kunlik shosse yo‘nalishidagi poyganing to‘rtinchi bosqichida Jo‘rabek Abduqodirov, Nikita Yeryomov va Kamoliddin Bahriddinov shohsupaga ko‘tarildi.
Umumiy bosqich yakuniga ko‘ra esa Nikita Yeryomov oltin, Farruh Bobosherov kumush, Behzod Bahodirov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa velopoyga bo‘yicha navbatdagi mamlakat chempionati yakunlandi.
J. Toshxo‘jayev, O‘zA