Vazir tomonidan va’da qilingan sovg‘a talabalarga topshirildi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov 13 fevral kuni Namangan viloyatiga qilgan safari davomida Namangan muhandislik-texnologiya institutidagi o‘quv-ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, talabalar turar joyida 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan to‘garak mashg‘ulotlarini o‘rgangan edi.
To‘garaklarda ishtirok etuvchi yoshlar bilan muloqoti davomida vazir talabalarning istagidan kelib chiqib ularga zamonaviy fortepiano sovg‘a qilishini aytgan.
Kuni kecha va’da qilingan sovg‘a talabalarga topshirildi.
San’atga ishtiyoqmand yoshlar mazkur tuhfani mamnuniyat bilan qabul qilib, vazirga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
[gallery-1247]
Hotam MAMADALIEV olgan suratlar