Vaterpolchilar musobaqasi
Poytaxtimizda suv polosi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda suv polosi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Namangan viloyati jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Toshkent shahri vaterpolchilari ikkinchi bo‘ldi. Uchinchi o‘rin esa poytaxtimizdagi 13-bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari maktabi tarbiyalanuvchilariga nasib etdi.
Ayollar ishtirokidagi musobaqalarda toshkentlik vaterpolchilar birinchi, namanganliklar ikkinchi, Xalq ta’limi vazirligi jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur chempionat vaterpolchilarimiz uchun kelgusida o‘tkaziladigan nufuzli xalqaro turnirlar va jahon kubogi musobaqalariga tayyorgarlik vazifasini o‘tadi.