“Vatanparvarlar” xalqaro harbiy-sport musobaqasiga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Quruqlikdagi qo‘shinlar institutida Yoshlar ishlari agentligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Vatan tayanchi” harakati a’zolari hamda xorijiy davlatlar bitiruvchi o‘quvchilari ishtirokida “Vatanparvarlar” xalqaro harbiy-sport musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattorov ushbu musobaqa mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotganini ta’kidlab, ishtirokchilarni samimiy qutladi va ularga omad tiladi.


Shuningdek, musobaqa doirasida “Vatan tayanchi” a’zolari o‘rtasidagi “Turon yo‘lbarslari” hamda ta’lim muassasalari otryadlari o‘rtasidagi bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tdi.
Bu kabi tadbirlar yoshlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashi qayd etildi.



Gulnoza Boboyeva,
O‘zA