Vatanga qasamyod — muqaddas burch (+video)
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida barcha tuman va shahar ichki ishlar organlari boshliqlarining jamoat xavfsizligi xizmati bo‘yicha o‘rinbosarlarining qisqa muddatli o‘quv kursi, Qorovul qo‘shinlarining harbiy xizmatchilarining hamda “podpolkovnik” maxsus unvoni olish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kurslari yakunlanishi munosabati bilan bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan tinglovchilarning qasamyod qabul qilish tantanali marosimi ham o‘tkazildi.
Tadbirda vazirlik mas’ullari, institut rahbariyati, xodimlari, faxriylar, keng jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari tinglovchilarning ota-onalari va yaqinlari xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir boshida o‘zining shijoati va bilimi bilan namuna ko‘rsatgan tinglovchilar tomonidan saf maydoni bo‘ylab o‘zgacha g‘urur va chuqur mas’uliyat bilan baland ko‘tarilgan holda davlatimiz bayrog‘i vazirlik orkestri ijrosi ostida, tantanali ravishda olib o‘tildi hamda bir chiziqda roslanib saf tortgan tinglovchilar va boshqa ishtirokchilar tomonidan davlatimiz madhiyasi ijro etildi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan institut boshlig‘i, polkovnik Olimjon Axmedov o‘z nutqida istiqlol yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida professional asosdagi ichki ishlar organlari shakllangani, ushbu tizimda xizmat olib borayotgan xodimlar xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida mas’uliyat bilan xizmat olib borayotganliklarini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Boshqa so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning mutlaqo yangicha tizimi yaratilganini, ichki ishlar organlarini el-yurtimizning ishonchi va mehrini qozongan, tom ma’noda xalqparvar tizimga aylantirish hamda ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, qasamyod qabul qilgan tinglovchilarga kelgusi sharafli xizmat faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/GvtJ9m4-2ho?si=W1pt9ih12XWrHPRG" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA