Vatan bayrog‘ini e’zozlash va baland ko‘tarish kerak
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda davlat va jamoatchilik vakillari, o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Universitet rektori G‘.Botirov O‘zbekiston bayrog‘ining ahamiyati haqida gapirib, mustaqillik tufayli yurtimiz o‘z ramzlariga ega ekani, ularni hurmat qilish, asrash har bir fuqaroning burchi ekanini qayd etdi.

Tadbirda ishtirok etgan Toshkent shahar sudi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi mas’ul xodimi Z.Qo‘ziboyev Vatan bayrog‘i xalqimizning g‘urur va iftixor timsollaridan ekanini ta’kidlab, uni e’zozlash, tadbirlarda doim baland ko‘tarish zarurligiga to‘xtaldi.
O‘zbekiston bayrog‘i mamlakatimizni dunyoga tanitishda muhim rol o‘ynayotgani, unga hurmatsizlik qonun bilan javobgarlikka sabab bo‘lishi qayd etildi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi M.Ulug‘ova, xonanda A.Rajabiy so‘zga chiqib, bayrog‘imiz muqaddasligi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, she’r va qo‘shiqlaridan namunalar ijro etdi.
Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
N.Abduraimova, O‘zA