Vaşington qanoti ostidagi Kiyev: yordam va kafolat işonçlimi?
Ukraina havo mudofaasi tizimini kuçaytiriş uçun AQŞ Kiyevga 500 ta “Patriot PAC-3” raketa-tutgiç sotadigan böldi. Prezident Vladimir Zelenskiy Vaşingtonning uşbu qarorini muhim qadam sifatida baholasa-da, qurol-yaroq yetkazib berilişi bir neça yilga çözilişi mumkinligidan xavotir bildirdi. Uning taʼkidlaşiça, raketalar ayniqsa 2026-2027-yil qiş mavsumida juda zarur.
Davlat departamenti tasdiqlagan kelişuv qiymati 2,1 milliard dollarga teng. Zelenskiy zaxiradagi mavjud raketalarni hoziroq Ukrainaga beriş, hamkorlar aslaha omborini esa keyingi yillari işlab çiqariladigan mahsulot bilan töldiriş taklifini berdi. Kiyev Rossiyaning raketa va dron hujumi, ayniqsa energetika infratuzilmasiga qaratilgan zarbadan himoyalaniş uçun qöşimça havo mudofaasi vositalariga ehtiyoj sezmoqda.
“Patriot” tizimi samolyot va ballistik raketa kabi havo tahdidini bartaraf etişga möljallangan. Ukraina bunday qurilmalarning asosiy qismini NATOdan PURL taşabbusi orqali oladi. Mazkur mexanizm ittifoqçilarga AQŞdan Ukraina uçun zarur harbiy texnika va öq-dorini moliyalaştiriş imkonini beradi.
Musulmon Ziyo, ÖzA