Valentina Matviyenko Toshkentga keldi
Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko 1-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko 1-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko tashrif davomida qator tadbirlarda ishtirok etadi. Shuningdek, martabali mehmon Buxoro viloyatiga tashrif buyurishi kutilmoqda.


