Vakillar palatasi spikerligiga nomzod kiritildi
Yopiq yig‘ilishda AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri lavozimiga kongresschi Mayk Jonson nomzodini aksariyat respublikachilar qo‘lladi. Bu haqda Amerika OAV, xususan, “CNN” telekanali, “The Hill”, “Politico”, “The Washington Post” nashrlari ma’lum qilgan.
51 yoshli Jonson uchun uning 128 nafar partiyadoshi ovoz berdi. G‘alaba uchun esa to‘la tarkib, ya’ni 217 ovoz zarur.
AQSH iyerarxiyasida Vakillar palatasi spikeri uchinchi shaxs hisoblanadi.
24 oktyabr kuni respublikachilar tomonidan spiker lavozimiga nomzod etib qo‘yilgan kongresschi Tom Emmer siyosiy kurashdan chekingan, to‘g‘rirog‘i Palata yig‘ilishida nomzodi qo‘llanmasligiga ko‘zi yetgan, deb yozdi nashrlar.
Xususan, sobiq Prezident Donald Tramp ham uning nomzodiga qarshi fikr bildirgan.