Uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlovchi hujjat
15 mart - Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni. Shu munosabat bilan federatsiya hamda "San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi" o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Mazkur kelishuv mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumga asoslandi.
Memorandum mualliflar va san’atkorlarning, shuningdek, har qanday san’at asaridan foydalanayotgan iste’molchilarning intellektual mulkini himoya qilish, ularni asl san’at asarlaridan bahramand bo‘lishlarini ta’minlash uchun birgalikda harakatlarni nazarda tutadi. Hujjat uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.