Uyimizdagi fayz mahalladan boshlanadi
Bugungi kunda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida 70 ta mahalla mavjud bo‘lib, ularda 323 ming 60 aholi istiqomat qiladi. Mazkur tuman mahallalarida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” loyihasi asosida amaliy ish jarayonlari olib borilmoqda.
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi tomonidan mazkur tuman mahallalariga press-tur tashkil etildi.
Ijodkor mahallasidagi ikki qavatli 12 ta ko‘p xonadonli uylarning tom qismi kapital ta’mirlangan. Mahalla hududida zamonaviy borlalar maydonchasi va mini futbol maydonlari barpo etilmoqda. Mahalla hududidan 20 tonna qurilish va maishiy chiqindilar olib chiqib ketildi. 200 kb.m kanalizatsiya tarmoqlari tortildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 6000 kVli transformator o‘rniga 10000 kVli transformatorlar o‘rnatildi. Ayni damda kuz-qish mavsumida aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Habib Abdullayev mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Xususan, mahalla hududidagi ko‘p qavatli uylar fasad qismiga yashillikni tatbiq etuvchi suratlar chizilib, binolarning fasad qismi tartibga keltirildi.
Mahalla bolalari uchun bolalar maydonchalari, vorkaut maydonlari va mini futbol maydoni qurib bitkazildi. Aholining maroqli dam olishlari uchun Wi-Fi zonalar tashkil etilib, zamonaviy yozgi kinoteatr maydoni bunyod etilmoqda. Shuningdek, o‘ziga xos zamonaviy ayvonchalar tashkil etilgan.
Mahalla hududiga 200ga yaqin yoritish chiroqlari o‘rnatildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA