Uyida "marixuana" saqlagan shaxs qo‘lga olindi
Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A. yashash uyi mehmonxonasining javonidagi kurtkasining ichki cho‘ntagida sof vazni 19,96 gramm, darvozaxonasida turgan boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasida sof vazni 11,73 grammga teng bo‘lgan jami 31,69 gramm miqdoridagi “Marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlandi. Ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 276-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA