Uychilik ota o‘g‘liga uy sovg‘a qildi
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlar bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2014 yildagi ijro hujjatiga ko‘ra X.Salimovdan undiruvchi undiruvchi N.Salimovaga ½ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Uychi tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinib, qarzdor otaga har oyda aliment summalarini vaqtida to‘lashlik tushuntirilgan.
Olib borilgan navbatdagi targ‘ibot samara berib, qarzdor ota biryo‘la farzandlari uchun voyaga yetgunga qadar aliment summasini hisoblab berishini so‘rab murojaat etadi. Kuni kecha ariza atroflicha ko‘rib chiqilib, voyaga yetgunga qadar hisoblangan 32 mln. so‘m evaziga 5,5 sotix yer maydoni va qurilgan 4 xona uy olib berildi.
Mazkur ijro hujjati amalda tamomlandi.