Uychida yoshlar kichik sanoat zonasi
FOTOREPORTAJ
Mustaqillik bayrami arafasida Uychi tumanidagi “Qumtepa” yoshlar kichik sanoat zonasining 2-bosqichi faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi va barchani qo‘shaloq shodiyona bilan qutladi.
Mazkur sanoat zonasining tashkil etilishi hududda faoliyat yuritayotgan yosh temirchi usta-hunarmandlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Umumiy hisobda 5,1 gektar maydonni egallagan majmua zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lib, quyosh panellaridan samarali foydalanish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, “Qumtepa” KSZ birinchi bosqichida umumiy qiymati 55,0 mlrd. so‘mlik 52 ta loyiha ishga tushirilib, 1500 mingdan ziyod kishi bandligi ta’minlandi.
[gallery-18978]
Sanoat zonasining 2-bosqichi uchun qo‘shimcha 2 gektar maydon ajratildi. 33 nafar yosh usta-hunarmand tomonidan qiymati 22,1 mlrd. so‘mlik loyiha amalga oshirilib, 500 dan ortiq ish o‘rni vujudga keldi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA