Uy mojorosi: xaridor mablag‘i undirib berildi
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro A.N O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Murojaatda fuqaro Chortoq tumanida joylashgan «Quruvchi Yoshlar» MCHJ bilan xonadon sotib olish maqsadida shartnoma imzolagani va boshlang‘ich to‘lov sifatida 22.500.000 so‘m to‘lov qilganini aytib o‘tgan. Ammo 2021 yil mart oyida topshirilishi rejalashtirilgan xonadon belgilangan vaqtda topshirilmaydi.
Murojaat Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, javobgar «Quruvchi Yoshlar» MCHJ tomonidan keltirilgan zarar fuqaroga undirib berildi.
Maftuna KARIMOVA,O‘zA