Utrextda tramvaydagi yo‘lovchilar o‘qqa tutildi
Niderlandiyaning Utrext shahridagi tramvaylarning birida noma’lum shaxslar yo‘lovchilarni o‘qqa tutgan, deb yozmoqda INTERFAX.RU Sky News agentligi ma’lumotiga tayanib.
Niderlandiyaning Utrext shahridagi tramvaylarning birida noma’lum shaxslar yo‘lovchilarni o‘qqa tutgan, deb yozmoqda INTERFAX.RU Sky News agentligi ma’lumotiga tayanib. Otishma natijasida kamida bir kishi vafot etgan, bir necha kishi jarohatlangan. Jinoyatchilar voqea joyidan qochishga ulgurgan.
Politsiya buni terakt sifatida ham gumon qilmoqda. Niderlandiya hukumati shaharda terroristik xavfsizlik e’lon qilgan.