Ustoz san’atkordan mahorat saboqlari
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi hamda “Madaniyat va ma’rifat” telekanali hamkorligida “Mahorat darsi” teleloyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad “ustoz-shogird” an’analarini munosib davom ettirish, san’atimiz darg‘alarining ijodiy tajribalarini yoshlarga namuna sifatida ulashib borishdir.
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyevaning mahorat sabog‘i tashkil etildi. Bunda ustoz san’atkor institut talabalariga milliy maqom sirlari, sahna madaniyati, asrlar osha tinglovchilarni o‘ziga rom etib kelayotgan mumtoz asarlarning ijro yo‘llari, ularni kuylash uslublari haqida so‘zlab berdi.
Shuningdek, mazkur jarayonda ustoz san’atkor tomonidan shogirdlarga milliy maqom yo‘nalishidagi qo‘shiqlarni ijro etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tildi. O‘zaro savol-javob, ijodiy muloqot tarzida o‘tgan mazkur mahorat sabog‘ida shogirdlarga yakkaxon va jo‘rnavozlik ijrochiligi uslublari tushuntirildi.
O‘zA