Urugvay terma jamoasi CHM-2026dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng uyga oddiy reyslarda qaytadigan bo‘ldi
Insayder va jurnalist Martin Charkeroning xabar berishicha, bu qaror turnirdagi muvaffaqiyatsiz ishtirok uchun o‘ziga xos jazo chorasi bo‘lgan.
Urugvay futbol assotsiatsiyasi (AUF) milliy terma jamoaning JCH-2026 guruh bosqichidan chiqa olmagani sababli ular uchun ajratilgan charter reysini bekor qildi.
Bosh murabbiy Marselo Bielsa qo‘l ostidagi jamoa a’zolari va texnik shtab Amerikadan vatanga oddiy tijoriy (kommersiya) reyslar orqali, o‘zlari mustaqil ravishda qaytishga majbur. Insayder va jurnalist Martin Charkeroning xabar berishicha, bu qaror turnirdagi muvaffaqiyatsiz ishtirok uchun o‘ziga xos jazo chorasi bo‘lgan. Urugvay nisbatan qulay raqiblar joy olgan guruhda Saudiya Arabistoni va aholisi bor-yo‘g‘i 583 255 kishini tashkil etuvchi Kabo-Verde terma jamoasidan pastki o‘rinni egallab, sensatsion tarzda pley-off yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.