Urugvay taklif bilan chiqdi
Urugvay Venesueladagi inqirozni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan muzokaralarga imkon beruvchi maydon yaratish taklifi bilan chiqdi.
Urugvay Venesueladagi inqirozni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan muzokaralarga imkon beruvchi maydon yaratish taklifi bilan chiqdi. Mamlakat Prezidenti Tabare Vaskes shunday bayonot bilan chiqib, Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini bilan ayni shu xususda fikrlashganini maʼlum qildi.
RIA Novosti xabarida aytilishicha, avvalroq Meksika Prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador ham Venesuela hukumati va muxolifati oʻrtasidagi muzokaralarni tashkillashtirishda oʻz koʻmagini taklif qilgandi.