Urgutlik onaxonga davlat mukofoti topshirildi
Bugun Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov Fotima onaning xonadoniga borib, davlatimiz rahbari nomidan ushbu mukofotni tantanali topshirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 6-mart kuni qabul qilingan “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, bir guruh xotin-qizlar davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandi.
Mukofotlanganlar qatorida Urgut tumani Qayroqli mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Fotima Gʻafforova ham bor. Onaxonga aholining turmush farovonligini oshirish yoʻlida amalga oshirgan savobli ishlari uchun “Mehnat shuhrati” ordeni berildi.
Bugun Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov Fotima onaning xonadoniga borib, davlatimiz rahbari nomidan ushbu mukofotni tantanali topshirdi. Shuningdek, onaxonga viloyat, tuman hokimliklarining sovgʻalari taqdim etildi.
