Urgutda mobil bogʻcha tashkil etildi
Joriy oʻquv yilidan boshlab, yurtimizning ayrim hududlarida maxsus jihozlangan ISUZU avtobuslarida tajriba tariqasida mobil bogʻchalar sinovdan oʻtkazilmoqda.
Joriy oʻquv yilidan boshlab, yurtimizning ayrim hududlarida maxsus jihozlangan ISUZU avtobuslarida tajriba tariqasida mobil bogʻchalar sinovdan oʻtkazilmoqda.
Jumladan, Samarqand viloyatining Urgut tumaniga ham ana shunday mobil bogʻcha keltirildi.
– Bunday “bogʻcha”ni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad – maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarning har tomonlama yetuk, intellektual kamol topishiga sharoit yaratishdan iborat, – deydi Urgut tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi boshligʻi H.Boboyeva. – Tumanimizga berilgan bitta mobil bogʻchaga Navbogʻ, Murodqishloq va Jurabtepa mahallaridagi, asosan, kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalar farzandlari jalb etiladi. Hafta davomida har bir mahallada ikki kundan mashgʻulotlar olib boriladi. Kun davomida ikki navbatda 16 nafardan bolaga taʼlim-tarbiya berish koʻzda tutilgan. Ushbu xizmat bepul koʻrsatiladi.
Mobil bogʻcha bilan birga hududda oʻyin maydonchasi ham tashkil etiladi.