Urganch shahrida “Asal“ bayrami o‘tkazilmoqda
Asal ajoyib ne’mat ekanini barchamiz bilamiz.
Asal ajoyib ne’mat ekanini barchamiz bilamiz. Uning dasturxonimizga kelguncha bosib o‘tgan yo‘li siz azizlarni qiziqtirsa kerak, deb o‘ylaymiz.
Mamlakatimizda bir necha yillardan buyon “Asal” bayramlari tashkil qilinib kelinmoqda. Bu yilgi “Asal” bayrami Urganch shahrida ham o‘zgacha o‘tmoqda.
Viloyatimizning barcha asalarichilik bilan shug‘ullanuvchi fermerlari o‘zlarining mahsulotlari bilan Urganch markaziy dehqon bozorida tashkil qilingan savdo ko‘rgazmalarida ishtirok qilishmoqda.
Urganch shahar hokimi Shuhrat Abdullaev ushbu “Asal” bayramida ishtirok etdi. Shuningdek, muntazam nazoratida bo‘lgan bozordagi narx-navoni o‘rgandi. Yanada aholiga arzon, sifatli mahsulotlarni etkazish hamda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha takliflarini berdi.
“Asal” bayrami 30 noyabrgacha davom etadi.