Urganch bokschi qizlarni chorlamoqda
Joriy yilning 18-24 noyabr kunlari Xorazm viloyati Urganch shahridagi olimpiya zaxiralari kolleji sport majmuasida boks bo‘yicha 2004-2005 hamda 2006-2007 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalari tashkil etiladi.
Musobaqada qatnashishi kutilayotgan jamoalar 17 noyabr kuni Urganch shahriga yetib borishadi.
Ertaga 18 noyabr kuni kubok bahslari oldidan ishtirokchi jamoalar hamda hakamlar uchun mandat komissiyasining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Musobaqa tashkiliy qo‘mitasi ma’lumotida aytilishicha, O‘zbekiston kubogida yurtimizning turli hududlaridan 270 nafardan ziyod bokschi qizlar qatnashishi bo‘yicha talabnomalar taqdim etilgan.
Boks bo‘yicha mamlakat terma jamoasiga nomzodlarni saralash, iqtidorli bokschi qizlarni aniqlash maqasadida o‘tadigan bahslar joriy yilning 24 noyabr kuniga qadar davom etadi.
To‘lqin Ro‘ziyev,
O‘zA