“Universal”da chempionatning uchinchi kuni davom etmoqda
Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati davom etmoqda.
Ikki kunlik bellashuvlar natijasida yunon-rum kurashi bo‘yicha mamlakat chempionlari aniqlangan bo‘lsa, bugun, 24 dekabrdan e’tiboran erkin kurashchilar chempionlik uchun bahslarga kirishmoqda.
Bugun kun mobaynida erkin kurashning 57, 65, 70, 79 va 97 kg vazn toifalarida O‘zbekiston chempionatining g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi.
Kecha yunon-rum kurashining qolgan vazn toifalarida sovrindorlar ma’lum bo‘ldi. Shiddatli kurashlar ostida o‘tgan chempionatda 60 kilogramm vaznda buxorolik Feruz To‘xtayev, 67 kilogramda farg‘onalik Abror Atabayev, 72 kilogramda buxorolik Mirzobek Rahmatov, 82 kilo og‘irlikda farg‘onalik Muhammadqodir Rasulov, 97 kilogramm vaznda buxorolik Muhammadali Shamsiddinov haqli ravishda O‘zbekiston chempioni, degan sharafli nomga musharraf bo‘lishdi.
Chempionat 24 dekabrga qadar davom etadi.
To‘lqin Ro‘ziyev,
O‘zA