Umumta’lim maktabi o‘quv yiliga tayyor
Buxoro shahridagi 4-sonli nemis tili faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumtalim maktabida 1 ming 400 nafarga yaqin o‘quvchi tahsil olmoqda. Yangi 2022-2023 o‘quv yilida yana 140 nafar o‘quvchi maktabning 1-sinfiga qabul qilindi.
–Yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlash uchun maktabimiz tayyor, –deydi maktab direktori o‘rinbosari Xonzoda Amonova. – Barcha sinf xonalari, sport zal, labaratoriya xonalari ham dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun shay holatga keltirilgan. Yangi o‘quv yili ham oldingi o‘quv yilidek yutuqlarga boy bo‘ladi, degan umiddamiz.
[gallery-8541]
Joriy yilda umumta’lim maktabi ko‘plab yutuqlarga erishdi. Jumladan, 10-V sinf o‘quvchisi Abdunosir Usmonov nemis tili fan olimpiadasining Respublika bosqichida faxrli ishtirok etdi. Natijada B1 sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Maktabning 9-A sinf o‘quvchisi Sabrina Karimova ham Gyote instituti tomonidan B1 sertifikatini, 11-V sinf o‘quvchisi Xabibullo Radjabov B1 sertifikatini, 8-A sinf o‘quvchisi Sevinch Toshpo‘latova A2 sertifikatini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, maktabning bir qancha o‘quvchilari Germaniyaning Pforsxaym shahridagi yozgi lagerda ham o‘qib ham dam olib qaytishdi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA