Ulug‘bek Qosimov bitiruvchi talabalar bilan uchrashdi
Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi San’at saroyida mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarini joriy yilda bitiradigan yoshlar bilan uchrashib, ularning taklif, tashabbus va murojaatlarini tingladi.

Bu yil oliy ta’lim muassasalarini 8 mingdan ortiq yigit-qiz tugatadi. Ularning 7 ming 209 nafari viloyatdagi, 861 nafari yurtimizning boshqa hududlaridagi oliy ta’lim muassasalarini bitirib, mustaqil hayotga yo‘llanma oladi.

Ulug‘bek Qosimov bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv chog‘ida ularning Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yanada faol ishtirok etishi uchun viloyat hokimi, barcha sektor rahbarlari, mahalla faollari yaqin maslahatchi va ko‘makchi bo‘lishini ta’kidladi.

Uchrashuv doirasida San’at saroyi ko‘rgazmalar zalida iqtidorli talaba-yoshlarning rassomchilik san’ati asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma bilan tanishgan viloyat rahbari yanvar oyining oxirgi haftasida Termiz shahridagi Ro‘zi Choriyev nomidagi san’at muzeyida vohadagi iqtidorli yoshlar yaratgan san’at asarlari ko‘rgazmasini tashkil etish va ularni auksion savdolarida sotib, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash g‘oyasini ilgari surdi.ochiq muloqot chog‘ida bildirilgan taklif, tashabbus va murojaatlarni hal etish yuzasidan aniq muddat belgilanib, mutasaddilarga tegishli topshiriq berildi.
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA