Ukrainaning birinchi Prezidenti Kravchuk vafot etdi
Ukrainaning birinchi Prezidenti Leonid Kravchuk 88 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar tarqatdi "Ukraina yangiliklari” agentligi.
"Ukrainaning birinchi Prezidenti Leonid Kravchuk uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 10 may kuni vafot etdi", – deyiladi xabarda.
Kravchuk 1991 yil dekabrda Ukrainaning birinchi Prezidenti etib saylangan, bir hafta o‘tgach, u Belovej bitimini imzoladi. 1994 yil iyulda Kravchuk muddatidan avval prezident saylovini o‘tkazishga rozi bo‘ldi va Leonid Kuchmaga yutqazdi.
Kravchuk prezidentlik qilgan davrda, ya’ni 1992-1993 yillarda Ukraina mustaqilligidagi eng birinchi iqtisodiy inqirozni boshdan kechirgan.
Kravchuk 2016 yilda o‘tkazgan matbuot anjumanlarining birida “Ukraina sobiq ittifoqni barbod qilgan davlat bo‘lganidan faxrlansa arziydi”, degandi.