Ukraina va Norvegiya mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy va Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan deklaratsiyani imzoladi.
Ta’kidlanishicha, hujjatda Ukraina mudofaa salohiyatini mustahkamlash asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Bu Norvegiya tomonidan harbiy yordam ko‘rsatish va texnologiya sohasidagi sheriklikni rivojlantirish orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lum qilinishicha, tomonlar havo mudofaasi tizimi, uchuvchisiz qurilma, dengiz xavfsizligi, logistika va moddiy-texnik ta’minot kabi sohalarda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olgan. Norvegiya hukumati ma’lumotiga ko‘ra, erishilgan kelishuvlar doirasida ukrain dronlarini Norvegiya hududida ishlab chiqarish imkoniyati ham yaratiladi.
D.Hakimov, O‘zA