Ukraina Prezidenti davlat rahbarining impichmenti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy davlat rahbarining impichmenti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy davlat rahbarining impichmenti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Bu haqda mamlakat Oliy radasi sayti ma’lum qilgan. Qonun rada tomonidan 10 sentabrda qabul qilingandi. “112” telekanali xabarida aytilishicha, mazkur qonundan konstitutsiyaga zid bo‘lgan ayrim qaydlar olib tashlangan.
Hujjatga ko‘ra, davlat rahbari xoinlik yoki boshqa jinoyat sodir etgan taqdirda, unga nisbatan impichment e’lon qilinadi – bunga 226 deputat tomonidan yozma da’vo asos bo‘ladi.