Uchtepada Hindiston universitetining filiali ochiladi
Poytaxtimizning Uchtepa tumaniga Muhammad Vajid boshchiligida Hindistonning Glocal Unversity vakillari tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Uchtepa tuman sektor rahbarlari, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari va universitet vakillari o‘rtasida istiqboldagi hamkorlikka kelishildi. Muzokaralar davomida kelajakda Uchtepa tumani hududida mazkur universitet filialini tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, Glocal university tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va bank mutaxassislarini tayyorlashda xususiy ta’lim muassasasi hisoblanib, Hindistonning Utta-Pradesh shtati Saharanapur shahrida joylashgan.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA