Uchqun Quronboyev – Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi!
"Tokio-2020" yozgi paralimpiya o‘yinlarida para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 66 kg vazn toifasida hamyurtimiz Uchqun Quronboyev ishtirokidagi final bahsi o‘z yakuniga yetdi.
Mahoratli sportchimiz final bahsida ispaniyalik Serxio Ibanezga qarshi kurash olib bordi. Murosasiz kechgan bellashuvda hamyurtimiz qo‘shimcha vaqtda g‘alaba qozondi va paralimpiya o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Finalgacha bo‘lgan bellashuvlarda Uchqun Yaponiya va Ukraina vakillarini mag‘lubiyatga uchratgan edi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA