Uchinchi “Ustozlar milliy forumi” o‘tkazildi (+video)
Ma’lumki, yurtimizda ta’lim sifatini oshirish va tizimda innovatsion yondashuvlarni joriy qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Pedagoglarning kasbiy rivojlanishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish mana shunday tizimli ishlardan biridir.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tizimda ishlayotgan o‘qituvchilarni muntazam tarzda yangiliklardan xabardor qilish, ilg‘or metodikalar bilan tanishtirish va tajriba almashish maqsadida o‘quv treninglari tashkil etib kelinmoqda. Har yili yangi o‘quv yili oldidan avgust oyida o‘tkaziladigan Ustozlar milliy forumi ham shunday tadbirlardan biridir.
Mazkur forumdan ko‘zlangan maqsad: -tizimda olib borilayotgan islohotlar, ta’lim mazmunini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirish, -o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar, darsliklar, yangi baholash tizimi, shuningdek, o‘quv jarayoniga tatbiq etiladigan ilg‘or metodikalarning mazmun-mohiyatini soha xodimlariga yetkazishdan iborat.
Bu yilgi forum jarayonlari joriy yilning 15-16 avgust kunlari “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida Toshkent viloyatining “Renessans” bolalar oromgohida tashkil etildi.
Unda yurtimizning barcha hududlaridan 400 nafar ilg‘or, tashabbuskor, yetakchi o‘qituvchi va tarbiyachilar qatnashdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan islohotlar samarasida bugun tizimda bir qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Ma’lumot o‘rnida: mazkur forum tadbirlari an’anaviy tarzda kaskad usulida 19-20 avgust sanalarida viloyat miqyosida, 23-24 avgust sanalarida tuman (shahar)lar miqyosida, 27-30 avgust sanalarida barcha ta’lim muassasalarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oTUfPu9WNyE" title="Uchinchi “Ustozlar milliy forumi” oʻtkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov (video), O‘zA