Uchinchi bosqichga qur’a tashlandi
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 2018-yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi saralash bosqichiga qur’a tashlandi.
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 2018-yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi saralash bosqichiga qur’a tashlandi.Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhida Eron, Janubiy Koreya, Xitoy, Qatar va Suriya terma jamoalari bilan kurashadigan bo‘ldi.
“B” guruhidan Avstraliya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Iroq va Tailand terma jamoalari joy olgan.
Mazkur saralash bosqichida qit’amizning o‘n ikki davlati terma jamoalari ikki guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Har bir guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan terma jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionati final bosqichiga yo‘l olsa, uchinchi o‘rinni egallagan terma jamoalar uy-safar tizimida o‘zaro ikkita uchrashuv o‘tkazadi. Mazkur bahs g‘olibi KONKAKAF mintaqasi vakiliga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruhdagi dastlabki uchrashuvini 1-sentabr kuni Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.