Uch kurash butun jahon sport kurashlarining poydevoridir
Zamonaviy Yozgi Olimpiya o‘yinlariga 1894 yilda fransuz olimi, xalqaro darajadagi sport ustasi, 1919-1925 yillarda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti lavozimida ishlagan Per de Kuberten tomonidan asos solingan.
1912 yili P. Kuberten tashabbusi bilan beshkurash (pentatlon) sport turi yozgi Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan.
1920 yili Kuberten tashabbusi bilan Fransiyada triatlon (uchkurash) sport turi paydo bo‘ladi. Bu sport turi pentatlon (beshkurash)dan suzish va yugurish sport turlarini olib, uchinchi sport turi sifatida velosiped sport turini qo‘shib, triatlon deb nomladilar.
1981 yili Triatlon Xalqaro uyushmasi tashkil etildi.2000 yilda Sidney shahrida o‘tkazilgan Yozgi olimpiya o‘yinlariga triatlon sport turi kiritildi.
Keyingi yillarda yana fransuzlar duatlon (ikki kurash) sport turini shakllantirdilar. Duatlon sport turi triatlondan olingan bo‘lib, sportchi avval yuguradi, keyin velosiped haydaydi va oxirida yana yuguradi. Hozirda duatlon sport turi ommaviylashib bormoqda va Triatlon xalqaro uyushmasi qoshida o‘z faoliyatini olib bormokda.


Sportchi olim, texnika fanlari nomzodi, kurash, sambo va dzyudo sport turlari bo‘yicha sport ustasi o‘zbekistonlikNorquli Yusupov 2000 yillardan boshlab yakkakurashlar bo‘yicha izlanishlar olib borib, butun jahondagi milliy kurashlarni 15 yil davomida ilmiy, amaliy va tarixiy o‘rganishlar asosida shu narsa aniq bo‘ldiki, butun dunyodagi Olimpiya o‘yinlari turi yoki Olimpiya o‘yinlari turiga kirmagan milliy kurashlarning asosi uchkurashdan iborat ekanligi to‘liq isbotlandi va 2015 yili O‘zbekistonda yangi uch kurash sport turiga asos solindi.
Uchkurash sport turi yaktakli va yaktaksiz yo‘nalishlardan iborat. Uch kurashнинг yaktakli va yaktaksiz yo‘nalishlarida kurashchi bir vaqtning o‘zida uchta sport turi – kurash, bellash va olish bilan kurashadi.


Uchkurash sport turi bilan dunyo kurashchilarning kurashish raundlari uchburchak shaklidagi harakatlarga tayangan holda uchburchaklardan iborat uchkurash charxpalagi yaratildi.
Uch kurash charxpalagida har bir yaktakli va yaktaksiz yo‘nalishlar 1 dan 6 gacha bo‘lgan sonlar bilan belgilandi. Har bitta son bir-biriga o‘xshash kurashlar yo‘nalishini ya’ni dunyodagi davlatlardan birining milliy kurashi bo‘ladi.
Musobaqa kelishilgan uchburchak asosida o‘z qoidalariga mos ravishda utkaziladi. Bu yerda musobaqadan oldin mezbon davlat boshqa 2 ta davlat kurashini o‘zi tanlab olish huquqiga ega bo‘ladi va o‘zi tanlagan kurashlar asosida uchkurash bo‘yicha xalqaro musobaqalarni o‘tkazadi.
Uchkurash sport turining eng katta yutug‘i, yaktakli va yaktaksiz yo‘nalishlarini to‘liq egallagan professional kurashchi xorijiy davlatlarning barcha milliy kurashlarida bemalol kurasha oladi va dunyodagi barcha Olimpiya uyinlari va Olimpiya o‘yinlariga kirmagan kurash turlaridagi kurashchilardan har tomonlama bir pog‘ona yuqori turadi. Uch kurash sport turi dunyoda eng kuchli kurashlar seleksiyasi hisoblanadi.
Uchkurash sport turi 2015 yil 15 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan “Bel olish va uch kurash assotsiatsiyasi” bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va bugungi kunda respublika bo‘yicha doimiy musobaqalar o‘tkazilib kelinmoqda.
2016 yil 6-7 fevral kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida “United World Wrestling” Xalqaro tashkiloti rahnomaligida butun jahon milliy sport turlarining I Xalqaro Forumi o‘tkazildi. Ushbu forumda 50 tadan ortiq davlatlar qatnashdi.