U18 yosh toifasidagi atletlar saralanmoqda
Chirchiq shahrida joylashgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida yengil atletika bo‘yicha U18 yosh toifasida mamlakat chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning 60, 400, 800 va 1500 metr masofalarga yugurish bahslarida Safiya Lepeshkina, Muhayo Gulmurodova, Saodat Alijonova, Sadafbonu Nusratilloyeva, Beknur Abdikadыrov, Mirzo Zoirov, Javohir Matrasulov va Alibek Abdullayev kabi atletlarimiz marra chizig‘iga birinchi bo‘lib yetib keldi. 60 metr masofaga to‘siqlar osha yugurishda Zayniddin Ravshanov hamda Shodiyona Rahmonovaga teng keladigani topilmadi.
Balandlik va uzunlikka sakrash bo‘yicha qizlar orasidagi bellashuvlarda Angelina Grechkina va Shukrona Qodirova mamlakat chempioniga aylandi. Yadro uloqtirishda Parizod Abdullayeva hamda Ozodbek Zarifjonov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA