Turkmaniston madaniyati kunlari boshlandi
Mamlakatimizda joriy yilning 28 oktyabr – 1 noyabr kunlari Turkmaniston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi.
Bugun, 28 oktyabr kuni Turkmaniston Respublikasining madaniyat vaziri boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Buxoro viloyatining “Olot” chegara bojxona postida Olot tumani hokimi Nargiza Ne’matova va boshqa mezbonlar tomonidan tantanali kutib olindi.
[gallery-14272]
Tadbir doirasida Buxoroda Turkman gilamlari tarixi milliy ko‘rgazmasi va Gilam markazining ochilish marosimi bo‘ladi. Turkman gilamiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbirning yopilish marosimi ko‘hna va boqiy Buxoroda o‘tkaziladi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),
O‘zA muxbirlari