Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni ortib bormoqda
Keyingi bir kun davomida Turkiyada 42 ming 308 holatda koronavirusning yangi turiga chalinish qayd etildi.
“Bu kasallikka chalinish bo‘yicha kunlik rekord hisoblanadi”, deyiladi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotida. Shu tariqa Turkiyada virusga chalinganlar miqdori 3 million 400 ming 296 nafarga yetdi. Pandemiya davrida 31 ming 892 bemor kasallik qurboni bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 1 aprelda Turkiya virusga qarshi o‘z vaksinasini ishlab chiqishi ma’lum qilingandi. Bu vaksinaning dastlabki partiyasi shu yilning yozida chiqishi kutilmoqda.