Turkiyada dunyodagi eng qadimiy mozaikalarning biri topildi
Bu haqda, Daily Sabah gazetasi xabar bermoqda.
Qadimshunoslar uni Yozgat viloyatida Sorgun hududidagi Ushoqli qo‘rg‘onida qazishma ishlarini olib borayotganda topishgan. Bu yerda turkiyalik va italiyalik mutaxassislar ishtirokida qazishma ishlari 2012 yildan buyon olib borilmoqda.
Tasvirning o‘lchami uch metrga yetti metr keladi, u 3 ming 147 ta toshdan tashkil topgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mozaikaning yoshi uch yarim ming yilga teng.
Ushbu artefaktlar eramizdan avvalgi XVIII va XII asr boshlarida mavjud bo‘lgan Kichik Osiyodagi qadimiy davlat –Xetts podshohligi davriga mansub ekanligi ma’lum bo‘ldi.
"Shu narsa aniqlandiki, topilgan mozaika dunyo tarixida birinchisi hisoblanadi. Buning uning shakli ham tasdiqlab turibdi — u juda sodda yasalgan. O‘ylashimizcha ushbu topilma sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi", — deydi Yozgat viloyati madaniyat va sayyohlik boshqarmasi rahbari Xusayn Chiftchi.
Italiyalik arxeolog Anakleto D'agostino ushbu mozaikani eramizdan avvalgi 1 ming 500 chi yillarga tegishli, deb hasoblagan. "Shunga o‘xshash mozaika Gretsiyada ham borligini bilamiz, lekin bunisi undan ham qadimiyroq", — degan tadqiqotchi.