Turkiya Ukrainaga harbiy maslahatchilarini yuboradi
Ukraina qurolli kuchlarining quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyning bayonot berishicha, Turkiya mazkur mamlakatga o‘z harbiy maslahatchilarini yuborishdan manfaatdor ekanini bildirgan.
Mazkur ma’lumot Ukraina qurolli kuchlarining “Facebook”dagi sahifasida e’lon qilindi.
Sirskiyga ko‘ra, Kiyev Anqaraning harbiy atteshesi, polkovnik Jengiz Shevekdan shunday ishonchnoma olgan.
Turk harbiylari ukrain qurolli kuchlari shaxsiy tarkibining tayyorlov mashg‘ulotlarini tashkil qilishi, o‘zaro tajriba almashishi mumkin.
“Armiyamiz jangovar harakatlarda qatnashmoqda, shuning uchun bizda katta tajriba bor”, dedi u.