Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bayonoti
Tashqi ishlar vazirligi qator xorijiy davlatlar fuqarolarining Turkiyaga sayohat qilmasliklari to‘g‘risidagi ogohlantirish bo‘yicha bayonot bilan chiqdi.
Davlat tashkilotlari jinoyatchilik, shu jumladan, terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.
Mamlakat TIV vakili Tanju Bilgichning so‘zlariga ko‘ra, “Ayni ogohlantirishlar xalqaro voqealar bilan bog‘liq. Turkiya – xavfsiz mamlakat: ichkarida ham, o‘z chegaralari ortida ham terrorizm bilan samarali kurash olib bormoqda. Bu muvaffaqiyat oshkor etilmoqda”.
- Anqara terroristik tashkilotlar o‘rtasida ayirmachilik qilmaydi. Turkiyaning sa’y-harakatlari xalqaro xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi, - deya qo‘shimcha qilgan rasmiy vakil.
O‘zA