Turkiston avangardi: makon va zamon oralig‘ida
"O‘zbekiston madaniy merosi - Yangi Renessans asosi" shiori ostida o‘tkazilayotgan xalqaro haftalik doirasida O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida shu nomli ko‘rgazma ochildi.
Ushbu loyiha Madaniyat va turizm vazirligi, Madaniy meros agentligi, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati kabi tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.
Ekspozitsiyada Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi hamda O‘zbekiston davlat san’at muzeyi kolleksiyalaridagi nodir asarlar joy olgan.

Ko‘rgazmada jamlangan rangtasvir asarlari O‘zbekistonning noyob arxeologik va me’moriy yodgordiklarini, hayotning turli qirralarini aks ettiruvchi go‘zal tabiat va maishiy turmush sahnalarini, o‘ziga xos milliy ruhda yaratilgan natyurmort va portretlar, Orol dengiziga bag‘ishlangan tematik asarlarni namoyon qiladi.

Mamlakatimizning avangard yo‘nalishidagi tasviriy san’ati xorijlik san’atshunoslarda ayniqsa qiziqish uyg‘otadi. Olimlar mazkur yo‘nalishda faol ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.

A.Volkov, Usto Mo‘min, O‘.Tansiqboyev, N.Karaxan, N.Kashina, Z.Kovalevskayalarning XX asr O‘zbekiston san’atining oltin fondiga kiruvchi rangtasvir asarlari san’at ixlosmandlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Shu bilan birga V.Madgazin, R.Matevosyan, I.Savitskiy asarlari ushbu ko‘rgazma ekspozitsiyadan joy olgani ko‘rgazmaning mohiyatini yanada oshiradi.
N.Usmonova,
Nosirjon Haydarov (suratlar), O‘zA